JANNATMONAND NAVOIY SHAHRINING SULIM BOG`LARI!

ENG YOSH, SANOATI VA IQTISODI RIVOJLANGAN NAVOIY!

JANNATMONAND NAVOIY SHAHRINING SULIM BOG`LARI!

Rasmiy munosabat

01-07-2023 11:38 Navoiy shahri » E`lonlar
Ijtimoiy tarmoqlarning birida "Navoiy shahar hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig’i M.Ortiqovning o'z xohishiga ko’ra ishdan ketgani va boshqarmada o’tkazilgan tender savdolari bilan bog'liq ma'lumotlar to'g'risida” e'lon qilingan murojaatga Navoiy shahar hokimligi RASMIY MUNOSABAT bildiradi.

Navoiy shahar prokuraturasining 19 iyundagi 10.1/5-6/23-sonli talabnomasiga asosan Monopoliyaga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Navoiy shahar hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasida o'tkazilgan tender savdolarining qonuniyligi o'rganilgan. O'rganish natijalariga ko'ra noqonuniy tender savdolari mavjudligi aniqlanmagan.

Bundan tashqari 2023 yil may-iyun oylarida Nazorat taftish boshqarmasi tomonidan boshqarmaning 2021-yil dekabrdan 2023-yil 1-maygacha bo‘lgan faoliyati ham o‘rganilib, noqonuniy xatti-harakatlar aniqlanmagan.

Shuningdek, boshqarma boshlig‘i Ortiqov Maqsud Ismoilovich 2023 yil 16-iyun kuni o‘z arizasiga asosan, Navoiy shahar hokimining 102-5-79-Q/23 sonli qarori bilan vazifasidan ozod etilgan.

Ma’lumot o‘rnida, M.Ortiqovning vazifasidan ozod etilishi o‘tkazilgan tekshirishlar natijasi bilan bog‘liq emasligi ma'lum qilinadi.

Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo‘lsangiz, unda matnni belgilab, (CTRL + ENTER) tugmasini bosing va sayt administratoriga xabarnoma jo‘nating.

Mashhur maqolalar
Fotosuratlar
barchasini ko?rish
Ish tartibi

Ish vaqti: 08.30-18.00s
Dam olish: Shanba, Yakshanba
Ishonch telefonlari:792201019, 792230990

murojaat tartibi
Интерактив хизматлар хакида эшитганмисиз ва улардан фойдаланганмисиз?

Ха, фойдаланганман
Йук, улар хакида эшитмаганман
Нима у?
Ушбу хизматларни хаётга кенгрок татбик этишса
Интернетдан фойдаланмайман

Veb-sayt bo`yicha mas`ul

Nasirov Shuxrat Fayzulloevich
Tel: 0436-223-6250
E-mail: navoi@nv.uz

murojaat tartibi
© 2011-2018. Sensorika ishlanmasi Saytdan ma'lumot ko?chirilganda giper havola majburiy!