JANNATMONAND NAVOIY SHAHRINING SULIM BOG`LARI!

ENG YOSH, SANOATI VA IQTISODI RIVOJLANGAN NAVOIY!

JANNATMONAND NAVOIY SHAHRINING SULIM BOG`LARI!

RASMIY MUNOSABAT

28-07-2023 00:00 Navoiy shahri » E`lonlar
Ijtimoiy tarmoqlarning birida Navoiy shahar "Navoiy ko‘chasidagi 49a va 49b uylari yonida ("Gulshan” restorani ro‘parasida) uddaburon tadbirkorlar ikkita bolalar maydonchasi orasida pivo bar qurishga qaror qilishgani, tadbirkorlarning aytishicha, bu yer mahallaga tegishli bo‘lib, qurilishga mahalla ruxsat bergani hamda ushbu muammoni hal qilishda mas’ul shaxslardan amaliy yordam so‘ralgani” aks etgan murojaatga Navoiy shahar hokimligi RASMIY MUNOSABAT bildiradi.

Mazkur holat Navoiy shahar hokimligi hamda Uy-joy va yotoqxonalardan foydalanish boshqarmasi mas’ullari ishtirokida joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Navoiy shahar hokimligi uy-joy va yotoqxonalardan foydalanish boshqarmasi tasarrufidagi Navoiy ko‘chasi 49a va 49b uylarda joylashgan 7 va 8-sonli yotoqxonalar hududida tadbirkor tomonidan "E-Auksion” elektron platformasi orqali  savdo do‘koni qurish uchun  yer maydoni olinganligi, qurilish buyumlari olib kelib qurilishni boshlaganligi, yotoqxona yashovchilari mazkur qurilishdan norozi bo‘lib chiqqanligidan so‘ng tadbirkor tomonidan  qurilish materillari olib ketilib, mavjud muammo bartaraf etilganligi ma'lum qilinadi.

Navoiy shahar hokimligi Axborot xizmati

Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo‘lsangiz, unda matnni belgilab, (CTRL + ENTER) tugmasini bosing va sayt administratoriga xabarnoma jo‘nating.

Mashhur maqolalar
Fotosuratlar
barchasini ko?rish
Ish tartibi

Ish vaqti: 08.30-18.00s
Dam olish: Shanba, Yakshanba
Ishonch telefonlari:792201019, 792230990

murojaat tartibi
Давлат муассалари билан мулокот килиш максадида Интернет xизматларидан фойдаланганмисиз?

Ха, ва куп маротаба
Йук, ёки айтарли натижага эга булмаганман
Шахсан муассанинг узига мурожаат этганман
Бу хизматлардан бохабар эмасман

Veb-sayt bo`yicha mas`ul

Nasirov Shuxrat Fayzulloevich
Tel: 0436-223-6250
E-mail: navoi@nv.uz

murojaat tartibi
© 2011-2018. Sensorika ishlanmasi Saytdan ma'lumot ko?chirilganda giper havola majburiy!