JANNATMONAND NAVOIY SHAHRINING SULIM BOG`LARI!

ENG YOSH, SANOATI VA IQTISODI RIVOJLANGAN NAVOIY!

JANNATMONAND NAVOIY SHAHRINING SULIM BOG`LARI!

RASMIY MUNOSABAT

21-08-2023 00:00 Navoiy shahri » E`lonlar

Ijtimoiy tarmoqlarning birida "Bozordan tashqari savdo bilan shug‘ullanayotgan ayollar va Navoiy bozori raisi o‘rtasidagi janjal aks etgan” murojaatga Navoiy shahar hokimligi RASMIY MUNOSABAT bildiradi.

Navoiy shahridagi "Saxovat bozori” MCHJga qarashli Markaziy dehqon bozori hamda "Navoiy savdo kompleksi” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli buyum bozori o‘rtasidan o‘tgan yo‘l bo‘ylab bir necha vaqtdan buyon fuqaro va tadbirkorlar tomonidan qo‘lbola usulda savdo rastalari o‘rnatilib, noqonuniy ravishda savdo faoliyati amalga oshirib kelinayotgan edi.

O‘zboshimchalik, qonunlarga itoatsizlik oqibatida yuzaga kelgan mazkur "bozor” bugungi kunda yong‘in xavfsizligi talablariga mutlaqo javob bermaydigan, sanitariya qoidalari va me’yorlari, gigiyena normativlari inobatga olinmagan, shaharsozlik qoidalariga zid bo‘lgan hududga aylanib ulgurgan edi.

Mazkur holat sotuvchilar, ayniqsa, fuqarolar (xaridorlar) uchun muayyan noqulayliklar tug‘dirib kelayotgan edi. Shu bilan birga "Saxovat bozori” MCHJga qarashli Markaziy dehqon bozori hamda "Navoiy savdo kompleksi” AJga qarashli buyum bozorining mazkur "bozor”ga tutash hududlarda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarning kuchli e’tirozlariga sabab bo‘lib, respublikaning turli vazirlik va idoralariga ko‘p sonli jamoaviy murojaatlar ham qilingan.

Shuningdek, "Navoiy savdo kompleksi” AJga qarashli 3 qavatli savdo majmuasidagi tadbirkorlar tomonidan ham mazkur hududdagi noqonuniy savdo faoliyatiga chek qo‘yish yuzasidan kunlik murojaatlar soni ortib ketgan.

Ushbu joy favqulodda holatlarda maxsus avtomashinalarning tezkor harakatlanishi uchun mo‘ljallangan yo‘l hisoblanadi.

Xabaringiz bor, avvalroq "Navoiy savdo kompleksi” AJga qarashli 3 qavatli savdo majmuasida yuzaga kelgan yong‘in paytida o‘t o‘chirish avtomashinalarining voqea joyiga o‘z vaqtida yetib borishiga ham aynan mazkur hududda tartibsiz o‘rnatilgan noqonuniy savdo rastalari to‘sqinlik qilgan.

Guvohi bo‘layotganingizdek, ommaviy axborot vositalari orqali ham respublikaning turli viloyatlaridagi bozor va savdo komplekslarida sodir bo‘layotgan yong‘inlar haqida xabarlar tarqalmoqda.

Aholi va tadbirkorlarning haqli e’tirozlarini, shaharsozlik normalari, yong‘in xavfsizligi talablari, sanitariya qoidalari, gigiyena normativlarini inobatga olib, mazkur hududdagi barcha (100 dan ortiq) savdo faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqaro va tadbirkorlarni tezkor ko‘chirish choralari ko‘rildi.

Mazkur tushuntirish, tozalash ishlarivaqtida bozor ma’muriyati va ayrim sotuvchilar o‘rtasida kichikkelishmovchiliklar kelib chiqqan.

Ushbu holatda bozorma’muriyati va sotuvchilar bilan qonuniy tartibda tushuntrish ishlari olibborildi va 120 ta savdo rastalari yasatilib, "Navoiy savdo kompleksi” AJning avtoturargohi yonidagi maxsus hududga vaqtincha o‘rnatildi. Qur’a tashlash yo‘li orqali tadbirkorlarga savdo rastalari belgilab berilganligi ma'lum qilinadi.

Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo‘lsangiz, unda matnni belgilab, (CTRL + ENTER) tugmasini bosing va sayt administratoriga xabarnoma jo‘nating.

Mashhur maqolalar
Fotosuratlar
barchasini ko?rish
Ish tartibi

Ish vaqti: 08.30-18.00s
Dam olish: Shanba, Yakshanba
Ishonch telefonlari:792201019, 792230990

murojaat tartibi
Èíòåðàêòèâ õèçìàòëàð õàêèäà ýøèòãàíìèñèç âà óëàðäàí ôîéäàëàíãàíìèñèç?

Õà, ôîéäàëàíãàíìàí
Éóê, óëàð õàêèäà ýøèòìàãàíìàí
Íèìà ó?
Óøáó õèçìàòëàðíè õà¸òãà êåíãðîê òàòáèê ýòèøñà
Èíòåðíåòäàí ôîéäàëàíìàéìàí

Veb-sayt bo`yicha mas`ul

Nasirov Shuxrat Fayzulloevich
Tel: 0436-223-6250
E-mail: navoi@nv.uz

murojaat tartibi
© 2011-2018. Sensorika ishlanmasi Saytdan ma'lumot ko?chirilganda giper havola majburiy!